Kurs haqida

Kurs haqida

Onalik Ensiklopediyasi — bolaning 0 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan rivojlanish yo’lini tushunishga, har bir yosh davrining ehtiyojlari, vazifalari va o’ziga xos “kalitlari”ni anglab, tarbiyada ongli va sifatli yondashuvni shakllantirishga yordam beruvchi 3 bosqichli kurs.

Kursning maqsadi — bola o’zini chuqur anglay oladigan, teran fikrlaydigan, mas’uliyatli, hissiy jihatdan sog’lom, yetuk va yuksak axloqli shaxs bo’lib ulg’ayishi uchun mustahkam poydevor yaratishda onalarga eng kerakli resurslarni taqdim etish.

Maqsadimiz mushtarak bo’lsa, biz bilan davom eting!

Ona qo'li chaqaloq qo'lini tutgan — bir chiziqli illyustratsiya
Bosqichlar

Farzand tarbiyasida har davr va yoshning o’z kalitlari bor

Biz Sizga eng kerakli, saralanganlarini taklif qilamiz. O’zingizga moslarini tanlab oling:

0–3 yosh

Baza — ildiz

Bola rivoji

  • Shaxs rivojlanishi
  • Irodani shakllantirish
  • Chegaralarni tushunish
  • Bu bosqichlardan o'tilmaslik oqibatlari
  • Ota-onaning vazifalari: nimalarni qilish zarur?
  • Xarakter va temperament nima?
  • Nima tug'ma, nima shakllanadi?
  • Individual va umumiy ehtiyojlar
  • 0–3 yoshda jinsiy rivojlanishning xususiyatlari
  • Bolaning o'z tanasiga qiziqishi va ota-onaning munosabati
  • Tana chegaralari va shaxsiy daxlsizlikning ilk tushunchalari

Aloqa, bog'liqlik va separatsiya

  • Kontakt nima va nega kerak?
  • Kontakt kanallari
  • Amaliy mashq
  • Hissiy bog'lanish nima va kontaktdan nimasi bilan farq qiladi?
  • Nega kerak, qanday ehtiyojlarni qondiradi va qanday shakllanadi?
  • Hayotning birinchi yilida hissiy bog'lanishga ehtiyoj
  • Qaramlikka asoslangan va qochuvchi bog'lanish
  • Biror bosqichda qiyinchilik yuzaga kelsa
  • Ota bilan hissiy bog'lanish
  • Ajralishning hissiy bog'lanishdagi o'rni
  • Aloqa va hissiy bog'lanishning sog'lomligini qanday bilish mumkin?
  • Separatsiya nima va nega kerak?
  • Qachon boshlanadi va qanday kechadi?
  • Nega ayrim bolalar ajrala olmaydi?
  • Bolani separatsiyaga qanday tayyorlash kerak?
  • Bolaga mustaqillikni o'rgatish
  • Nimalarni qilmaslik kerak?

Bolaning hissiy rivoji

  • Emotsional intellekt nima?
  • Uni bolada qanday rivojlantirish mumkin?
  • Bezovtalik va qo'rquv o'rtasidagi farq
  • Normativ va nonormativ qo'rquvlar
  • Bezovtalik va qo'rquvlarning sabablari
  • Boladagi bezovtalik belgilari
  • Ota-onaning bezovtaligi bolaga o'tishi va buning oldini olish

Chegaralar va tarbiya

  • Ta'qiqlarning asosli ekanini qanday aniqlaymiz?
  • Bolaga eng kerakli ikki omil
  • Bolaning xarxashalariga qanday munosabat bildirish kerak?
  • Jazo va mukofot
  • Erkalash va koyish chegarasi
  • Bolani urish masalasi: jismoniy jazo va uning oqibatlari
  • Maqtovning me'yori va chegaralari

Oiladagi muhim hislar

  • Zaharli agressiya nima?
  • Ona agressiyasining 5 sababi
  • Konteynerlash nima?
  • Konteyner texnikasi
  • Nega rashk paydo bo'ladi?
  • Oiladagi muhit va o'zaro munosabatlar
  • Aka-uka va opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar qanday bo'lishi kerak?
  • Bolalar o'rtasidagi raqobat
  • Bolani uka yoki singil tug'ilishiga tayyorlash

Bog'cha va kundalik odatlarda o'zgarishlar

  • Bog'chani to'g'ri tanlash
  • Bog'chaga tayyorgarlik
  • Moslashish jarayoni
  • Hissiy bog'lanishning moslashishdagi roli
  • Muvaffaqiyatli va murakkab moslashish belgilari
  • Moslashish davrida bola bilan aloqa
  • Eng maqbul yosh
  • Nima qilish va qilmaslik kerak?
  • Barcha turdagi so'rg'ichlardan foydalanishni yakunlash
  • Yosh va tayyorlik
  • Yo'l qo'yiladigan xatolar
  • Qiyinchiliklar, qarshilik va ortga qaytishlar

3 kun · 6 modul · 4 oylik dostup

Narx1 200 000 so'm

Ushbu bosqichga yozilish
3–7 yosh

Identifikatsiya — kurtak

Bola rivoji va o'yinlar

  • Mustaqillikning shakllanishi
  • Shaxs va ichki olamning paydo bo'lishi
  • Nutq, fikrlash va fantaziyaning boshlanishi
  • Tengdoshlar bilan muloqot
  • Natijaga emas, jarayonga e'tibor qaratish
  • Syujetli-rolli o'yinlar va bola fantaziyasi

Hissiy muloqot va emotsional o'sish

  • Kontakt — muloqotning asosi
  • Hislarni baholamasdan aks ettirish
  • Bolani tinglash san'ati
  • Bolaning o'zini ayblashi va tanqid qilishiga munosabat
  • Ambivalentlik — psixikaning normasi sifatida
  • Ota-ona va bola hislarining qarama-qarshiligi
  • Ota-onaning jahli
  • Chegaralarni saqlagan holda hislarni qabul qilish
  • Sokin munosabat va kongruentlik
  • 7 yoshli bolada emotsional intellekt qanday bo'lishi kerak?
  • Bolaning emotsional intellektini rivojlantirishda ota-onaning roli

Motivatsiya, maqtov va tanbeh

  • O'zini nazorat qilish va kuta olish ko'nikmalari
  • Yaxshi natijaga yordam beradigan va to'sqinlik qiladigan omillar
  • Moddiy va hissiy rag'bat
  • Bolani kamsitmasdan, shaxsiyatiga tegmasdan tanbeh berish
  • Bolaning shaxsini baholamasdan, buzmasdan maqtash va rag'batlantirish

Xarxashalar va bolalar o'rtasidagi nizolar

  • Xarxasha turlari va ularga to'g'ri munosabat
  • Bolaga «yo'q» deyish
  • Ta'qiqlar va xavfsiz muqobillar
  • Bolalar o'rtasidagi janjallar: me'yormi yoki muammo?
  • Ota-onaning munosabati va yo'l qo'yadigan xatolari
  • Nizodan to'g'ri chiqishni o'rgatish

Uyat, mas'uliyat va yolg'on

  • Aybdorlik hissi va mas'uliyat
  • Sog'lom va nevrotik uyat
  • Intimlik va shaxsiy gigiyena
  • Yolg'on va fantaziyaning farqi
  • Nega bola yolg'on gapira boshlaydi?
  • O'g'rilik va yolg'on o'rtasidagi bog'liqlik
  • Nega bola o'g'rilik qiladi?
  • Bundan xabar topganda nima qilish kerak?

Shaxsiy chegaralar va jinsiy tarbiya

  • Separatsiya va bolaning unga tayyorligi
  • Hurmatli muloqot va shaxsiy daxlsizlik
  • 3–7 yoshdagi jinsiy rivojlanishning o'ziga xosligi
  • Bolaning o'z tanasiga va jinsiy farqlarga qiziqishi
  • Jinsiy a'zolarga teginish va tanaga oid o'yinlarga ota-onaning munosabati
  • Tana, jinsiy aloqa va hayz haqida qanday gaplashish kerak?
  • Bolaning ehtiyojiga mos axborot hajmi va axborot xavfsizligi

3 kun · 6 modul · 4 oylik dostup

Narx1 200 000 so'm

Ushbu bosqichga yozilish
7–14 yosh

Avtonomiya — nihol

Yosh vazifalari — mustaqillik

  • 7 yosh inqirozi
  • O'yindan ta'limga o'tish
  • O'qishga psixologik tayyorgarlik
  • Tana va psixologik chegaralarning shakllanishi, mustaqillashuv
  • Oiladagi iyerarxiya: mas'uliyat va vakolat
  • Ijtimoiylashuv: jamoada o'z o'rnini topish
  • Shaxsiy gigiyena
  • Tana chegaralari
  • O'qish va kundalik maishiy vazifalar
  • O'z tanlovlari, xatolari va ularning tabiiy oqibatlari bilan yuzlashish

Ota-onalik va bola bilan ishonchli munosabatlar

  • Bolaning mustaqilligiga imkon yaratish va uni qabul qila olish
  • Ishonchli munosabat va ochiq muloqot
  • Xato qilishga imkon berish va kelishuvlar
  • Ota-ona janjallarining bolaga ta'siri
  • Bolani nizolarga aralashtirish: vositachilik va triangulyatsiya
  • Tarbiyadagi qarashlar farqi va ota-onalik tandemi
  • Xatolarni tuzatish uchun real muddat
  • Himoya strategiyalari: agressiya va negativizm
  • «Doim xursand bola» niqobi
  • Xavfsiz munosabatlarning ahamiyati

Ta'lim, motivatsiya va moslashuvchanlik

  • Motivatsiyani kuchaytiradigan va unga to'sqinlik qiladigan omillar
  • Bolaning «Bu menga nega kerak?» savoliga to'g'ri javob
  • Shaxsiy va ijtimoiy ko'nikmalarning — soft skills — ahamiyati
  • Chekinish yoki mashg'ulotni tashlab qo'yishga munosabat
  • Adaptivlik nima va uni qanday rivojlantirish mumkin?
  • Adaptivlikni rivojlantiruvchi o'yinlar

Oila, tengdoshlar va jamiyatdagi o'rin

  • Katta farzandning psixologik xususiyatlari
  • Ota-onaning kutishlari va ularning ta'siri
  • O'rtancha farzand va «unutilgan farzand» roli
  • Raqobat va o'zini isbotlashga ehtiyoj
  • Kenja farzand va unga xos qiyinchiliklar
  • Tug'ilish tartibi va katta yoshdagi hayot o'rtasidagi bog'liqlik
  • Submadaniyatning bola rivojlanishidagi vazifasi
  • Tengdoshlar orasida o'z o'rnini topish
  • O'ziga xos til, o'yinlar va qoidalar
  • Zamonaviy jamiyat va tezlikning bolaga ta'siri
  • Ota-ona bolaga qanday ko'maklasha oladi?
  • Bu davrda bolaga nimalar berish muhim?

O'smirlik, jinsiy rivojlanish va tana bilan aloqa

  • Shaxsiy identiklikning shakllanishi
  • Tengdoshlar va atrof-muhitning ijobiy hamda salbiy ta'siri
  • «Yomon davra» xavfi
  • Jinsiy xoslikning shakllanishi
  • Latent jinsiy davr tushunchasi
  • Qarama-qarshi jinsga qiziqish yoki yoqtirmaslik
  • Pubertat: jinsiy o'zgarishlar va sevib qolish
  • Jinsiy va rol identifikatsiyasi
  • Taktillik
  • Bolaning o'z tanasi bilan aloqasidagi qiyinchiliklar
  • Tana bilan aloqani tiklash
  • Taktil va harakatli o'yinlar

Raqamli muhit va bulling

  • Diqqat, miya va muloqot
  • Ekran vaqti va oilaviy qoidalar
  • Nazorat, ishonch va shaxsiy daxlsizlik
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik
  • Zararli va xavfli kontent
  • Bulling nima?
  • Agressor va jabrlanuvchi
  • Bulling holatida nima qilish kerak?
  • Ota-onaning majburiyatlari

3 kun · 6 modul · 4 oylik dostup

Narx1 200 000 so'm

Ushbu bosqichga yozilish

Dostup muddati faqat videodarslarga tegishli. Barcha qo'shimcha materiallarga dostup — bir umrlik.

Maksimum foyda

3 bosqichni birgalikda xarid qiladiganlar uchun xos imtiyozlar:

3 600 000 so'm3 000 000 so'm12 oylik dostup15 oylik dostup
Yozilish
Sharhlar

Kursning oldingi formatiga bildirilgan fikrlar

Bismillah… OE dan olgan taassurotlarim, foydalarim va manfaatlarim haqida aytib bersam. Bu kursni olganimda homiladorlikning oxirgi oylari edi. Olishdan oldin barcha modullar bilan tanishib chiqqanman va o'shandayoq bu kurs qanchalik keng qamrovli, qanchalik sifatli ekanligini anglaganman. Alhamdulillah, bu kutuvlar o'zini oqladi va men bu kursni olganimdan mingdan ming roziman. Kursdan olgan natijalarim haqida: Avvalo men bu kurs farzandim tarbiyasi uchun asosiy manba bo'ladi deb hayol qilgandim, lekin kurs davomida asosiy tarbiyalanuvchi shaxs O'zim ekanligimni angladim. Kurs menga o'zimni tanishimda, muammolarim bilan to'qnash kelishimda (ularni mavjudligini oldin his qilmagan bo'lsam ham), emotsiyalarimni tanishimda va ular ustida ishlashimda katta yordam berdi. Tuyg'ularimni atrofimdagilarga maksimal ekologik tarzda izhor qilishni boshladim, alhamdulillah! Farzandim hozir 10 oylik, va hozirda o'rganganlarimni amalda qo'llashga harakat qilmoqdaman. Farzandim nimani his qilayotganini bilib turish (kursda o'rganganim uchun) menga juda yordam beryapti, shu sababdan ham onalik davri maksimal silliq, yoqimli o'tyapti deya olaman. Shu jihati bilan OE hayotimni ancha yengillashtirdi. Kurs davomida duch kelgan qiyinchiligim - onamga nisbatan paydo bo'lgan negativ munosabat deb bilaman. Chunki kursni ko'rar ekanman, meni qaysidir xatolarim, qaysidir kamchiliklarim sababi - tarbiyamda qilingan hatolar, e'tiborsizliklar deb topdim. Boshida, bular uchun ichimda onamga nisbatan alam, hafalik hisi uyg'ondi. Lekin kursning davomida, bu muammoga ham yechim berilgan edi. "Onalarimiz - o'z davrining qahramonlari. Ular bizning tarbiyamizda o'z qo'lidan kelgan hamma ishni qilishgan" - bu fikrni o'zimga singitish biroz vaqt oldi, lekin keyin yordam berdi. Kursda eng yoqqan narsa - jonli efirlar, savol-javoblar va undan oldingi savol-javoblarga dostup berilishi bo'ldi men uchun :) Chunki aynan savol-javoblarda real keyslar, real hayotdan olingan muammolar va ularga yechimlarni ko'ra oldik. Kurs deyarli bir yil davom etgan bo'lsa, bu vaqt bemalol yetadi deb o'ylagandim boshida, lekin adashgan ekanman (balki men dangasalik qilganim sababdir). Bu vaqt menga yetmadi (bir martadan barcha materiallarni ko'rib tugatgan bo'lsam ham). Men tushungan narsa - kursdagi ma'lumtlarni inson hayotning qaysi bosqichida ekanligiga qarab turlicha qabul qilar ekan. Masalan tarbiyaga oid modulni men farzandim endigina dunyoga kelganida eshitganimda nisbatan yengilroq qaragan edim. Lekin hozir (farzandim kattaroq bo'lganda) eshitganimda unda aytilgan gaplarga chuqurroq nazar bilan, yanada tushunibroq yondashayotganimni his qildim. Va angladimki, ayni ma'lumot - farzandi yo'q qizga boshqacha, chaqalog'i kichkina bo'lgan ayolga boshqacha, bir farzandli ayolga boshqacha va yana farzandlari ko'p ayolga umuman boshqacha ta'sir qilar ekan. Shuning uchun ham kurs - bir martalik ko'rish uchun mo'ljallanmagan degan xulosaga keldim. Hayotimizning har bir bosqichida (to'ydan oldin, yangi kelinlik davrida, homiladorlik davrida, yangi onalik davrida, farzand kattaroq bo'lgan davrda, va h.k.z) bu ma'lumotlarni qayta va qayta ko'rib chiqsak ham har safar albatta yangi narsa o'rganishimizga hech shubham yo'q. Allohim Fadriyya va uning jamoasidan rozi bo'lsin, bunday kurslarni yanada mukammallashtirishda, ummatga bundanda ko'proq foydalar keltirishda O'zi ilhomlantirib qo'ysin, kuch-quvvat bersin. Amiyn!
OE ni birinchi va 3-potogida o'qidim. Natijalarim bn bo'lishsam: - Ko'p bilmagan yengililani kashf qildim Masalan oldin miyelinizatsiya haqida ma'lumotim yo'g'idi. Yana harakter turlariyam man uchun MashaAlloh ma'lumot bo'ldi, u darsdan keyin bolalani yanayam yaxshiro chunishshi boshladim - Avvaldan farzand tarbiyasiga qiziqardim, chetel kinolaridigi ona bola munosabatlariga havas qilardim, qanaqa qib farzand bn bunaqa aloqa o'rnatish mumkin, qanaqqib bunaqa muomala qilish mumkin (gap faqat baqirmasdan tarbiya qilish haqidamas), dib boshim qotardi. Shu va shu kabi boshqa ko'p savollarimga shu kursdan javob oldim - OE dan farzand tarbiyasiga qiziqishim, izlanishim yanayam ko'paydi. Shuni orqasidan (1-potokda o'qivotkanimda) turk tilini o'rgandim. Ya'ni turk tilida bola tarbiyasiga oid sifatli kitobla ko'p bo'gani uchun. Va bu hammasimas, hozi qisqaro yozishga harakat qildim Bu potogda qiyinchili bo'madi. 1-potokda darslani o'z vaqtida qilishga qiynalganman. Sababi ma'lumotla yengi, uni hazm qilish qiyin va yengi darsla tez-tez ochilardi. Man darslani shunchaki ko'rib-ko'rib ketgim kemasidi. Bu potokda manga aynan yoqqan tarafi darslani tez-tez ochilmasligi va orada tanaffus berilishi bo'ldi Kursda eng yoqqan asosiy narsa mavzulani umumiyligi. Ya'ni, u gaplani har qanaqa vaziyatga moslavolish imkoni borligi, yo'naltiruvchiligi. Yanayam chunarli bo'lishi uchun misol keltiraman: kurs mavzusi faqat diniy tarbiya yoki jinsiy tarbiya yoki bola miyasi bo'lishiyam mumkunidi, ammo kurs deyarli hamma mavzulani o'z ichigani ogani bomba bo'ldi!!!
Olgan natijalarim: - Bolaligimdan hozirgacha tuyg'ularim travmalarim uchun siqilardim o'zimni ayblardim, bekorga ozidan ozi bunday bo'lmaganini angladim va o'zimni ayblamay qo'ydim - Homiladorlik tug'ruq og'riqli qiyin jarayon deb qo'rqardim, aslida Alloh hech nimani behikmat bermas ekan - Hali oila qurmaganim uchun OE ni o'qib o'zimdagi muammolarni ham ko'rdim angladim - Bolaligimda travmalar esimga tushib ketti, triggerlar bo'ldi, bular tabiiy holligini Fadriyya aytib o'tdilar keyin yengil tortdim Ota-onamni ayblashdan foyda yo'qligini angladim - Kompleks har taraflama ishlangan bu kurs, faqat bola tarbiyasi emas inson o'zini ham isloh qila oladi - to'g'risi kutishlarim yo'q edi
Bolaga bola deb emas alohida bir shaxsdek qarashni, uni tuyg'ulari, hayoti men uchun muhim o'ringa chiqdi ushbu kursdan keyin. Onalikka tayyor bo'lish kerakligini anglab o'zim uchun ilk qadamlarni qo'ya oldim va shu kungacha bazi birlarida "Masha Alloh" natijalarni ko'ryapman (ona bo'lmasa ham 😁) – Kursdagi qiyinchiligim olingan ilmlarni amalda qo'llab ko'rish bo'ldi. Chunki huddi tizimni buzish mashaqqat talab qiladiganday. Yechim esa "aynan men shu zanjirni uza olishim kerak" deb majbus harakat qildim). – kursni yoqqan tarafi Sifat bo'ldi. Sifat "Masha Alloh" Aslida judayam ko'p kurslar harid qilgan bo'lsam aynan ushbu akademiya kurs, vebinarlarida 1-o'rinda sifat turishi va ma'lumotlar takrorlanmasligi uchun ham Fadriyyani har bir loyihalarida davomiy qatnashishga xarakat qilaman. – 2-potokda kursda farzandli ayol o'z tajribalari bilan bo'lishishini xohlagandim chunki jursni eshtarkanman rostdan oilada ayol ham ish ham tarbiyaga ulgura olarmikin degan savol tinmi kelardi keyin 3-potokda qatnashib Feruza Jamaldinova bn Sumayya Hanafi darslari qo'shilgani men uchun "vauvv" bo'ldi.😅 Chunki aynan shuni xohlagandim.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. OE kursidagi bu qisqa vaqt davomida o'zim bilan qaytadan tanishdim. (Qisqa vaqt deyishimga sabab men 25 yil davomida o'zimni tanimaganim bo'ldi) O'zimni kashf qildim. Farzandimga va otam, onam unuman hayotga qarashim o'zardi, natija hayotimda shunday o'zgarishlar bo'ldiki… endi bu boshqa hikoya! Qiyinchiliklar emas, o'sish davomida sinovlar bo'ldi, kursda har bir mavzu to'liq yoritilganligi vaziyatlarni yengillashtirdi. Menga eng yoqgan jihatlari: Yuqori sifat, chuqur va asosli bilimlarga tayanilganligi. Kursdan kutgan natijalarimga kelasak, kutganimdan katta natijalarga erishdim! Yuqorida aytganimday endi bu boshqa hikoya!😊
Savollar

Ko’p so’raladigan savollar

Kurs umumiy 18 ta modul, 44 ta mavzu, 9 kunlik seminarlar, shuningdek, ularga oid qo'shimcha materiallarni o'z ichiga oladi.

100% to'lovni bo'lib amalga oshirish imkoni 25-oktyabrgacha taqdim qilinadi. Shartlar va tafsilotlar haqida bilish uchun menejerga aloqaga chiqing.

Har bir bosqich darsliklari 4 oylik eshitish ruxsati bilan taqdim qilinadi. Agar kursning 3 bosqichiga birdaniga qatnashsangiz, jami 15 oy beriladi (3 oy bonus).

Bosqichlar bir-biridan mustaqil tarzda o'tadi. Faqat bir bosqichni tanlashingiz kerak bo'lsa, farzandingiz yoshiga ko'ra tanlash tavsiya qilinadi.

Har bir bosqich umumiy ~11 soat davom etadi. Materiallar foydalanishga qulay formatda qisqa mavzularga bo'lib taqdim qilinadi.

Jonli dars kunlari translyatsiya YouTube orqali, dars videoyozuvlari va boshqa materiallar esa Telegramda beriladi.

Ha, har bir bosqich uchun bitta savol-javob efiri ko'zlangan. Efirda mavzuga doir savollar javoblanadi.

Loyiha muallifi
Fadriyya Farhod

Fadriyya Farhod

Shariat fanlari bakalavri, psixolog

  • WISE va МИП universitetlari bitiruvchisi
  • 7 yildan ortiq tajribaga ega bloger, psixolog, minglab ayol-qizlar ustozi
  • Beshta tilda 1000dan ortiq diniy, ilmiy, didaktik va badiiy kitobni mutolaa qilgan
  • 100dan ortiq maqola, marafon, trening va vebinarlar muallifi, “Fadriyya Academy” o‘quv akademiyasi asoschisi
Aloqa

Qo’ng’iroq orqali bog’laning

Telefon raqamingizni qoldiring — menejerimiz tez orada Sizga qo’ng’iroq qiladi.